Yurtimizda jami 1 million 46 ming dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi, emlangan fuqarolar soni 1 million nafardan oshdi
6 may kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 37158 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 23979 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 13179 nafarni tashkil qildi.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda jami 1 046 668 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 1000956 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 45712 nafarni tashkil qildi.
6 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Andijon viloyati (8532 doza),
Namangan viloyati (5390 doza),
Qashqadaryo viloyati (3661 doza) band qildi.