1-dekabr "Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni" va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20-yanvardagi PQ-14 sonli Qarori, SSVning 2446-sonli buyrug'i sog'lom turmush tarzini shakillantirish, tibbiy madaniyatni oshirish borasida Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakultetida Namangan viloyat OITSga qarshi kurashish markazining bir guruh mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Butunjahon OITSga qarshi kurash kunining maqsadi OITSdan aziyat chekayotganlar hayotini yaxshilash va o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan virusni yo’q qilish bo’yicha keyingi tadqiqotlarga yordam berishdir.
Tadbir davomida talabalar OITS qanday kasallik, uning yuqish yo’llari va kechishi, asoratlari va profilaktikasi bilan tanishdilar.