OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
2018 yil 30 senyabrda Ichki ishlar vazirligiga qarashli jazoni ijro etish muassasalarida hamda ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida epidemiologik nazorat, OIV infeksiyasi va kasalxona ichki infeksiyalari tarqalishi ustidan nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. 2021 yilda esa ushbu xamkorlikni yanada samaraliroq olib borish maksadida giyohvandlikka karshi, xamda OIV infeksiyasini oldini olish maksadida SSV va boshka 10 dan ortik vazirliklar bila chora tadbirlar rejasi ishlab chikildi. Shu reja ijrosini ta’minlash maksadida joylarda tadbirlar olib borilmokda, jumladan bugun Toshkent shaxrida I. KARIMOV aeroportida xam vatanimizdan uzoq vaqt xorijda bo'lgan, yurtdoshlarimizni yuqumli kasalliklarga chalinganligini aniklash va uz vaktida profilaktik tadbirlarni tashkil etish maksadida suxbatlar olib borildi, tezkor test tekshiruvlari utkazildi. Tekshiruvda 28 nafar fukarodan analizlar olinib tekshirildi va 1 nafar fukaroda OIV infeksiyasi borligi aniklandi.
Kasallik aniklangan fukarolar, yanada chukurlashtirilgan tibbiy kuriklardan utkaziladi va yashab turgan joylarida dispanser xisobiga olinadi. Ularga oila azolariga, yakinlariga va boshka shaxslarga kasallikni yuktirmasligi uchun nimalar kilish zarur ekanligi tushuntiriladi. Xozirgi kunda Davlatimiz tomonidan OIV infeksiyali bemorlarga tekin dorilar berib boriladi va ularning sogligi muntazam OITSga karshi kurashish markazlari tomonidan nazorat kilib boriladi. Yurtimizda pandemiya xolati bulishiga karamasdan, fukarolarimiz sogligi xar tomonlama nazorat etib borilayetganligi, bu yulda nafakat shifokorlar balki ichki ishlar xodimlari xam kechayu kunduz mexnat kilayetganligi xech birimizga sir emas.