O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi PQ-3493-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018 yilda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi” ni 16-19 bandlari, 2018 yil 22 iyundagi PQ-3800-sonli qarori bilan tasdiqlangan “OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va kasalxona ichki infeksiyalari profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirishga doir kompleks ko‘shimcha chora-tadbirlar”ning 21,22 bandlari ijrosini samarali ta’minlash, axoli o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik, OITS kabi salbiy oqibatlarni oldini olish, tashviqot-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida, Guliston shaxar “Olim Xo‘jayev” nomli drama teatri xamda A.Navoiy nomli sayilgoxda 2021 yil 11 iyun kuni “Yangi O‘zbekiston yoshlari” festivalida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi “Biz OIV infeksiyasiga qarshimiz!” shiori ostida aksiya tadbirlari bilan ishtirok etishdi! Tadbirda Viloyat, shaxar Xokimligi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Viloyat IIB, Xalq ta’limi boshqarmasi, Yoshlar Ittifoqi, Adliya boshqarmasi va boshqa tashkilotlar, turli millat vakllari o‘zining milliy san’ati va chikishlari bilan ishtirok etishdi. Bayram tadbirlarida O‘zbekiston Milliy tetri, kino aktyorlari jamoasi xam qatnashishdi. Mazkur konkursda ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan yoshlarga “Avloddan-Avlodga” NNT tomonidan taqdim etilgan o‘quvchilar uchun maktab sumkalari, stol tenisi badmintoni, qo‘l soatlari va boshqa o‘quvchilar uchun zarur esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Tadbirni o‘tkazilishi davomida barcha taklif etilgan konkurs ishtirokchilari o‘rtasida og‘zaki savol-javob munozara va baxslar bilan qatnashchilarning bilimlari baxonlandi.