“Birgalikda OIV infeksiyasiga qarshi kurashamiz!” Oqoltin tumani
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi
PQ-3493-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018 yilda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi” ni 16-19 bandlari, 2018 yil 22 iyundagi PQ-3800-sonli qarori bilan tasdiqlangan “OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va kasalxona ichki infeksiyalari profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirishga doir kompleks ko‘shimcha chora-tadbirlar”ning 21,22 bandlari ijrosini samarali ta’minlash, axoli o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik, OITS kabi salbiy oqibatlarni oldini olish, tashviqot-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli xamda 2020 yil 10 noyabrdagi “Axolining sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori PQ-4887 qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Oqoltin tumani “Ma’daniyat” saroyida 2021 yil 14 iyun kuni viloyat OITSga qarshi kurashish markazi va “Avloddan-Avloddga” NNT mutaxassislari tomonidan “Birgalikda OIV infeksiyasiga qarshi kurashamiz!” shiori ostida tuman hokimligi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Xalq ta’limi va tibbiyot birlashmasi bilan hamkorligida bayram aksiyasi tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.Azizov, Oqoltin tumani xokimi D.Fozilov, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rinbosari A.Azizqulov, Salomatlik markazi raxbari T.G‘afarova, halq ta’limi o‘qituvchilari va tibbiyot birlashmasining tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.