Aholiga qulaylik. Mingbuloq tumanlararo diagnostik laboratoriyasi
Ma’lumki, asr vabosi deya atalmish OIV infeksiyasi ham hayot uchun jiddiy xavf tug‘dirishi bilan birga jamiyatga katta ijtimoiy va iqtisodiy zarar yetkazmoqda. Mamlakatimizda ham bu kasallikka qarshi izchil kurash olib borilmoqda. Qabul qilingan Prezident qarorlariga muvofiq odamning immunitet tanqisli virusi keltirib chiqaradigan hastalik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Jumladan, Mingbuloq va Uchqo‘rg‘on tumanlarida ochilgan tumanlararo diagnostik laboratoriyalar OIVning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Mingbuloq tumanlararo diagnostik laboratoriyasi Jomasho‘y shaharchasida qad rostladi.Uning binosini “ODN ODIL STORY” MChJ quruvchilari bunyod etishdi. Ob’ektda 1 millard 320 million so‘mdan ortiq byudjet mablag‘i o‘zlashtirildi. Foydalanishga topshirilgan laboratoriya Mingbuloq va Namangan tumanlari fuqarolaridan olingan qon namunalarini tahlil qilishga ixtisoslashgan. 8 kishi faoliyat olib boradigan tibbiyot maskani hududda OIV infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarni erta aniqlash, aholini mazkur infeksiyadan muhofazalash ishlari samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Bugun mazkur maskanning taqdimoti o‘tkazildi. Unda so‘z olganlar mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar ko‘lami ortib borayotganligini ta’kidlar ekanlar, diagnostik laboratoriya faoliyatiga omadlar tilashdi.
Kunning ikkinchi yarmida Qo‘g‘ay qishlog‘ida Uchqo‘rg‘on tumanlararo diagnostika laboratoriyasi ham ochildi.
Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI