OIV- infektsiyasi uchun test topshirish
Test topshirish- laboratoriya tadqiqoti boʼlib, inson OIV holatini aniqlashga imkon beradi va u taxminiy konsulьtatsiyadan keyin olib boriladi.
Test topshirish jarayoni virus ishlab chiqarilishiga javob sifatida yoki RNK virusini aniqlashga javob sifatida organizmda ishlab chiqiladigan antitelining paydo boʼlishi bilan amalga oshiriladi.
1 chi test — immunoferment tahlili (IFT). Bu diagnostika uslubining eng tarqalgan uslubi hisoblanadi. Testning ishonchli natijalarini faqatgina virus organizmga tushgandan keyin uch oy muddatda aniqlash mumkin. Аynan shu davrda inson qonida immunoferment tahlili aniqlangunga qadar olinishi mumkin.
Ushbu testning bщlishsiz natijasi shuni anglatadiki, qondan OIVga test topshirilganda inson qonida antitel yoʼq boʼlishi lozim va shunga muvofiq virusning oʼzi ham mavjud boʼlmaydi.
Biroq, yolgʼon boʼlishsiz natija tushunchasi ham mavjud emas.
Bunday yolgʼon xabar agar antitel virusga yetarli miqdorda surilmagan boʼlsa, yaʼni test topshirish vaqtida “serologik toʼxtash vaqti” sodir boʼlgan boʼladi inson organizmiga tushgan OIV uch oydan keyin yuzaga chiqishi mumkin.
Аgarda Siz bunga ishonishni hohlamasangiz, yaʼni boʼlishsiz natija qoniqarsiz boʼlsa, yana uch oydan keyin testdan oʼtish kerak boʼladi.
Testning boʼlishli natijasi OIV antiteli qonda, shunga muvofiq virusning oʼzi ham qonda boʼlishi kerak.
Biroq, test natijasining bir necha holatlarida yolgʼon boʼlishli ham boʼlishi mumkin. Bunda OIV antiteli bilan boshqa antitel almashtirilib yuboriladi.
Yolgʼon boʼlishli natija surunkali infektsion bemorlarni tekshirishda, TORCh-infektsiyalarini, autoimmun, onkologik va boshqa kasalliklar, shuningdek homiladorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Boʼlishli natija -oʼziga xos-immunoblot testiga tekshirish kerak boʼladi.
2-chi test — immunoblot (IB). Ushbu test OIV ga oʼziga xos antitel mavjudligini aniqlab beradi. Natija boʼlishli, boʼlishsiz, noaniq, shubhali boʼlishi mumkin. Immunoblot boʼlishli natijasi qonda OIV borligi bilan belgilanadi.
Noaniq natija inson tomiridagi qonda OIVning paydo boʼlishi hisoblanadi va organizmda boshqa turdagi antitellar yigʼilab chiqiladi.
Qoida boʼyicha, 1-3 oydan keyin zardobda shubhali natija olgan davrdan boshlab, OIVda barcha antitellar paydo boʼlishi mumkin.Bu holatda shubhali natija OIV-infektsiyasining bosqichining boshlanishi hisoblanadi.
Immunoblotning noaniq natijasi ham inson OIVdan jabrlanmagan, ammo organizmda OIV antiteliga oʼxshagan antitellar boʼlishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Shunday natija tuberkulyozga chalingan bemorlar, onkologik kasalikka chalinganlar, koʼp martalik gemotransfuz olgan retsipientlar (qon qoʼyish), homilador ayollarda boʼladi. IB ning noaniq natijasida bemor vrach-infektsionistning nazorati ostida boʼlib, 1,3,6 oylardan keyin analiz topshirish qaytariladi.
3-chi test-polimeraz zanjirli reaktsiya boʼlib hisoblanadi. U RNK virusini aniqlashda ishlatiladi. Ushbu rezulьtat olishga imkon beruvchi juda taʼsirchan va samarali reaktsiya hisoblanib, u RNKning kletkalaridan birini oʼziga xos qoʼshish orqali yuzaga keltiriladi.
PTsR qoʼyidagilar uchun qoʼllaniladi:
- Qonda –RNK OIVsifatini aniqlash uchun antiretrovirus terapiyasi boshlanishidan oldin va olib borilayotgan natijani baholash uchun aniqlash uchun;
- Immunoblot natijasining shubhali holatida “uzilish davri”da OIVning belgilarini aniqlash uchun;
- OIVdan zararlangan onalardan toʼgʼilgan yangi chaqaloqlarda OIV belgilari bor-yoʼqligini aniqlash uchun;
Ushbu tahlillarning sezuvchanligi oʼta yuqori hisoblanadi: u virusning oʼzini qisqa vaqt ichida aniqlab beradi: oʼrtacha kasallik yuqishidan keyin 12 kun ichida amalga oshiriladi.
Biroq, ushbu oʼta sezuvchanlik testga boshqa koʼplab infektsiyalarni aniqlashga imkon beradi va koʼpincha yolgʼon boʼlishli natijaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ushbu test natijasi boʼyicha hech qachon oxirgi tashhisni qoʼyib boʼlmaydi.
PTsRni olib borish juda koʼp laboratoriya jihozlarini va mutaxassislarning yuqori malakasini talab qiladi va juda qimmat hisoblanadi.
Testdan qanday oʼtiladi?
OIV ga analiz topshirish jarayoni barcha uchun bir xil hujjatlarni topshirish bilan amalga oshiriladi(pasport, harbiy bilet, bolalarning toʼgʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnomasi).
Birinchi navbatda blank toʼldiriladi, keyin esa bir necha millilitr miqdorida shprits yoki maxsus vakuum probirkasi orqali venadan qon olinadi. Bu jarayonda qoʼllaniladigan barcha uskunalar steral tarzda yoki bir martalik boʼladi. Tahlillar natijasini ikki uch kundan keyin bilish mumkin.
Test oʼtkazish va testdan keyin konsulьtant bilan maslahatlashish ham bepul hisoblanadi. Аgarda mutaxassislar bilan maslahatlashmoqchi boʼlsangiz buni ham bepul amalga oshirishingiz mumkin.
Konsultatsiya beruvchi barcha maʼlumotlarni sir saqlashi shart. Аmmo bu mustaqil tarzda amalga oshirilishi kerak degan gap emas. Sizning istagingiz bilan konsulьtatsiyada qarindoshlaringiz, oʼrtoqlaringiz va yaqinlaringiz ishtirok etishi mumkin.
Konsultatsiyani turli xil soha mutaxassislari olib borishlari mumkin: sogʼliqni saqlash xodimlari, jamoatchilik tashkilotlar vakillari (masalan ushbu kasalga chalingan insonlar uyushmasi va boshqalar), maxsus tayyorgarlikdan oʼtganlar.
Testdan oldin konsulьtantdan tahlil mohiyati nimaligini, test natijalari qanday boʼlishi lozimligini soʼrab olish kerak boʼladi. Shuningdek mutaxassislar suhbatning muayyan asosidan OIV tahlikasi qay darajada yuqoriligini baholashi mumkin.
Natija olingandan keyin konsulьtanat bilan yana bir bor maslahatlashish lozim. Qoida boʼyicha, testdan keyin olingan natijalar va harakatlar muhokama qilinadi va OIV boʼlgan va boʼlmagan taqdirdan qanday harakat qilinishi toʼgʼrisida maslahatlar beriladi.
Boʼlishsiz yaʼni inkor natija olingandan keyin vrachga haqiqatdan ham organizda virus yoʼqligini yana bir bor aniqlashtirib, 4-6 haftadan keyin ushbu tahlilni qaytarish zaruriyati soʼrab olish kerak boʼladi. Shuningdek qanday qilib OIV ga chalinib qolish tahlikasini kamaytirish mumkinligini muhokama qilish maqsadga muvofiqdir.
Noaniq natija holatida konsulьtant ushbu taʼrif nimani anglatishi va bu bilan qanday chora-tadbirlar koʼrishi kerakligini maslahat beradi.
Аgar tadqiqotlar ijobiy natija bersa, konsulьtant keyingi harakatlar nimalardan iborat boʼlishi haqida maslahat beradi: masalan analiz topshirish kerakmi, yoki shart emasmi?, OITS-markazlariga ruyxatga turish kerakmi?, oʼz salomatligiga qanday eʼtibor qaratish lozimligi toʼgʼrisida kerakli maslahatlar beradi.
Shuningdek konsultantdan maʼrifiy ishlar bilan shugʼullanuvchi yoki boʼlmasa aynan OIVga chalangan insonlarga yordam berish bilan shugʼullanuvchi tashkilotlar haqida zaruriy maʼlumotlar beradi.
Har bir viloyatda, Qoraqalpogʼiston Respublikasida, Toshkent shahrida OITS ga qarshi kurashish, shuningdek 59 ta tumanlarda OIV diagnostikasi boʼyicha laboratoriyalar mavjud boʼlib, aholiga OIV boʼyicha test topshirish va boshqa qoʼshimcha zaruriy maʼlumotlar berish bilan shugʼullanadi.
“OIV-infektsiyasi” tashhisini qoʼyish uchun OITS ga qarshi kurashish Markaziga dispanser roʼyxatiga aynan doimiy yashash joyiga roʼxatga kiritiladi. OITS Markazlarining har birida bemorlarning biokimyoviy, immunologik (SD4 kletkalari) koʼrsatkichlarini tekshirish uchun qon topshirish laboratoriyalarga ega.