• Dushanba - shanba 8:00 - 6:30
  • Kichik halqa yo'li, 12.
Biz haqimizda

O'z tanlovingni qil: hayotingni saqla!

Respublikada birinchi marta Sobiq Sovet Vazirlignining 1987 yil 13 martidagi № 1124 farmoyishi bilan Toshkent shahrida Respublika OITS diagnostika markazi Samarqandda esa OITS diagnostik laboratoriyasi tashkil etildi. 1988 yildan buyon respublikamizning barcha boshqaruv hududlarida OITS diagnostika laboratoriyalari ishga tushirildi.

 

1989 yildan boshlab ushbu markaz OITSga qarshi kurashish va profilaktika Respublika Markazi deya nomlandi.

OITSga qarshi kurashish boʼyicha Respublika Markazining vazifalari qoʼyidagilardan iborat:

- OITS ga qarshi kurashish boʼyicha faoliyat olib borayotgan hududiy markazlar faoliyatining tashkiliy- uslubiy qoʼllanmalarini amalga oshirish;

- OIV infektsiyasi va uning taʼsirida yuzaga keluvchi kasalliklarning tarqalishidan ogoh etishga qaratilgan profilaktik, epidemik, diagnostik, davolash tadbirlarini amalga oshirish;

- OIV infektsiyasini yuqtirishni tezlashtiruvchi faol dalillarnini yuzaga kelishi va baholash boʼyicha maxsus epidemiologik izlanishlarni amalga oshirish;

- OIVdan zararlangan shaxslarga toʼgʼri tashhis quyish boʼyicha zaruriy va malakali tibbiy yordam koʼrsatishni tashkil qilish va ularning salomatliklarini domiy nazoratga olib, mehnatga layoqatligini saqlash;

- OIV/OITS va uning taʼsirida kasallangan bemorlar tashhisi va uni davolashni amalga oshirish bilan shugʼullanuvchi muassasalarga metodik yordam koʼrsatish;

- Oʼzbekistonda fuqarolar salomatligini himoya qilish va xalq genofoni nuqtai -nazaridan tatbiq etilayotgan OIV/OITS profilaktikasi, diagnostikasi, davosi boʼyicha samarali uslublarni tahlil qilish va baholashni amalga oshirish;

- OIV/OITS tashhisi, profilaktikasi, davosi boʼyicha xorijiy mamlakatlar tajribasida inson salomatligi uchun zarar keltirmaslik yoʼllarini oʼrganish va tahlil qilish, ularni shakllantirish va muvofiq maʼlumotlar bazasini yuritish;

- OIV infektsiyasini tarqatishga qarshi kurashish masalasi boʼyicha faoliyat olib borayotgan tibbiy xodimlar va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirishda ishtirok etish.

Xodimlar salohiyati

Immunoferment tahlilini olib borish boʼyicha kasalni tibbiy koʼrikdan oʼtkazish

 

Markazda 66 nafar shifokor faoliyat yuritsa, ulardan 26 nafari oliy toifali; 38 nafari oʼrta toifali tibbiy xodimlar boʼlsa, ulardan 15 nafari oliy toifali hisoblanadi.

Markazning ilmiy salohiyati: 1 nafar professor, 3 nafar fanlar doktori, 1 nafar dotsent, 7 nafar tibbiy fanlar kandidati faoliyat yuritadi.

OITSga qarshi kurashish Respublika va hududiy markazlar har tomonlama tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlangan.

Аsosiy ilmiy va klinik yutuqlar

2010 yilda OIV/OITS tarqalishiga qarshi kurashish boʼycha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish respublika qoʼmitasining qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshida, OITS ga qarshi kurashish Respublika Markazi asosida ilmiy boʼlim tashkil etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 350 boʼyrugʼi asosida OIV/OITS sohasida ilmiy- tadqiqot ishlarini koʼrib chiquvchi va tasdiqlovchi ilmiy-texnik qoʼmitasi tashkil etildi.

Ilmiy-texnik qoʼmita tashkil etilgan davrdanoq tibbiyot fanlari doktori unvoni tadqiqoti uchun 2 ta ilmiy ish va tibbiyot fanlari nomzodi uchun 5 ilmiy ish tasdiqdan oʼtdi.

Respublika markazi xodimlari tomonidan 150 nafar ilmiy maqolalar, 300 ta tezislar nashr qilingan boʼlsa, 4 ta qoʼllanma va 10 dan ortiq uslubiy farmoyishlar va tavsiyalar amaliyotga tatbiq etildi.

Har yili ilmiy-amaliy xalqaro konferentsiyalar oʼtkazilmoqda

Oxirgi 5 yil ichida, Respublikada OIV gʼinfektsiyasi tarqalishida dozor epidemiologik nazorati boʼyicha 2 ta xalqaro va xalqaro mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan mahalliy konferentsiyalar tashkil etildi. Bular “Oʼzbekiston Respublikasidgi DPM larda inʼektsiya xafsizligi, shuningdek inʼektsiyani baholovchi jihozlarni tatbiq etish”.

“ OIV-infektsiyasi tashhisi, profilaktikasi va davolashda zamonaviy yondoshuvlar” mavzularida oʼtkazilgan konferentsiyalardir.

Markaz mutaxassislari muntazam ravishda oʼz malakalarini oshirib, mahalliy va xalqaro miqiyosda oʼtkazilayotgan seminar-treninglarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Oxirgi besh yilda markazning 50 dan ortiq mutaxassislari Respublika miqyosida oʼtkazilgan, 12 nafar mutaxassis xalqaro miqyosda oʼtkazilgan, 15 nafar mutaxassislar MDH davlatlari boʼyicha oʼtkazilgan seminarlarda ishtirok etdilar.

OITS Markazi laboratoriyasini takomillashtirish boʼyicha

2010-2011 yillarda OITS ga qarshi kurashish hududiy markazlarida kapital va qayta taʼmirlash ishlari olib borildi va 53 ta hududlararo OITS tashhis laboratoriyalariga umumiy summasi 10mlrd.boʼlgan mablagʼ ajratildi.

Respublika Laboratoriyasi va 14 ta OITSga qarshi kurashish hududiy Markazlari zamonaviy PTsR, oqadigan sitoflyuorimetrlar bilan taʼminlangan boʼlsa, 59 ta tumanlararo laboratoriyalar immunoferment analizatorlari bilan taʼminlangan.

Shunday qilib, davlat byudjetidan 7,5 mlrd.sum miqdoridagi mablagʼ 23 xil har xil diagnostik va davolash apparaturalariga sarflandi.

OITSga qarshi kurashish hududiy markazlarining zamonaviy yuksak texnologiyali laboratoriya jihozlari bilan taʼminlanishi, yangi tadqiqotlarni hayotga tatbiq etilishini yaxshilash laboratoriya tadqiqotlari boʼyicha taqdim etiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Раҳбарият

Ф.И.Ш

Лавозим

Тел. рақами

Почта манзили

Қабул кунлари ва вақти

1

Игамбердиев Бахром Нагматович

Республика ОИТСга қарши кураш маркази директори

(71) 276-93-25

 

Душанба-шанба

10:00 дан 14:00 гача

2

Нормуратова Гулуфар Абдуллаевна

Эпидемиология масалалари бўйича директор ўринбосари

(71) 276-93-25

 

Душанба-шанба

10:00 дан 14:00 гача

3

Мустафаева Дилдора Асадовна

Даволаш ишлари бўйича директор ўринбосари

(71) 276-99-26

 

Душанба-шанба

10:00 дан 14:00 гача

4

Файзуллаева Дилфуза Баходировна

Республика ОИТСга қарши кураш маркази тасарруфидаги шифохона бош шифокори

-

 

Душанба-шанба

10:00 дан 14:00 гача

5

Мирзаева Гулноза    Зумрудовна

Кадрлар бўлими катта инспектори

(71) 276-93-61

 

Душанба-жума

10:00 дан 14:00 гача

 

Ҳудудий ОИТСга қарши кураш марказлари

ОИТСга қарши кураш марказлари

Жойлашган манзили

Ишонч телефонлари

1.

Тошкент ш

Шайхонт. тум.Уйгур – 305 уй

97 480-01-83

2.

Тошкент в

Тошкент ш,Чўпон-ота-7

97 429-55-00

3.

Андижон

Андижон ш., Қўшариқ дахаси-39 а  

74 237-17-12

4.

Навоий

Навоий ш., М.Улугбек-21

95 610-44-43

5.

Қашқадарё

Қарши ш., Навоий - 5

75 223-47-15

6.

Сурхандарё

Термиз ш., Ибн-Сино – 19

76 224-25-16

7.

Фарғона

Фарғона ш., Маданият -12-а

73 243-22-89

8.

Жиззах

Жиззах ш., Шифокор кўчаси-2

72 226-32-06

9.

Сирдарё

Гулистон ш., Ибн-Сино – 14

99 930-01-32

10.

Наманган

Наманган ш., Ғалаба – 9

69 232-14-35

11

Хоразм

Урганч ш., Ханка - 62 в

99 500-10-03

12.

Самарқанд

Самарқанд ш., Беруний – 12

78 210-13-53

13.

Бухоро

Бухоро ш., Ховзе-Кази Калон- 48

65 228-51-94

14.

РҚ

Чилонзор т. 16-даҳа Фарход кўчаси 12-уй тел:71-273-31-42

 

97 354-00-14